Joriy yilning 15-iyun kuni To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro V.F. singlisiga oid ijro hujjati bo‘yicha Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limiga borib, hech bir sababsiz davlat ijrochisi sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi so‘zlar bilan haqorat qiladi. Bu ham yetmagandek Byuro xodimi uni sarson qilganligi va shu kabi boshqa vajlari to‘g‘risida huquqni muhofaza qilish organlariga ko‘rsatma beradi.


Holat bo‘yicha Byuroning viloyat boshqarmasi tomonidan zudlik bilan xizmat tekshiruvi tayinlanadi va o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi davomida to‘plangan hujjatlarga asoslanib, Byuro xodimlari tomonidan fuqaro V.F.ga nisbatan nojo‘ya hatti-harakatlar sodir etilganligi o‘zining ob’ektiv tasdig‘ini topmaydi.
Aksincha, fuqaro V.F. tomonidan hech bir sababsiz Byuro xodimini sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi so‘zlar bilan haqorat qilganligi holati o‘z isbotini topadi.
Shu bilan birga, holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishini qo‘zg‘atishlikni rad etish haqida qaror qabul qilinib, fuqaro V.F.ga nisbatan MJtKning 41-moddasi bilan ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan.
Shuningdek, JIB tuman sudining 2021-yil 17- sentabr kunidagi sud qaroriga asosan, huquqbuzar V.F.ga nisbatan MJtKning 41-moddasi bilan ma’muriy jarima jazosi tayinlandi.

 

Majburiy ijro byurosi
Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi bosh inspektori
Qobilbek Haydarov.