Chop etish

2021-yilning 3-oktabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda murojaat joylashtirilgan. Fuqaro Manzura Xamidovaning mazkur murojaati Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan o‘rganildi va yakuniy bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz.


Aniqlanishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tumanlararo sudining 2019-yil 29 -dekabrdagi ijro varaqasiga asosan da’vogar N.Qosimovani Uchqo‘rg‘on tuman, Chek MFY, Mustaqillik ko‘chasi 12-uyidagi yashash va yordamchi xonalari hamda ayrim bino-inshootlaridan foydalanishi, bunga javobgarlar M.Xamidova va boshqalarning qarshilik ko‘rsatmasligi majburiyati yuklatilgan.
Ijro hujjati talabini bajarish maqsadida, xonadonga borilganida, javobgarlar tomonidan ayrim xonalarning ichki tomoni buzib yuborilgani, oshxonada esa, javobgarlarning yashayotganligi, hammom esa, oshxona sifatida foydalanilayotgani aniqlangan.

Ushbu haqida dalolatnoma rasmiylashtirilgan.
Ijro harakatlari davrida joriy yilning 6 fevral kuni da’vogar N.Qosimova ijro hujjatida ko‘rsatib o‘tilgan xonadonga kiritilib, javobgarlarga qarshilik qilmaslik majburiyati yuklash to‘g‘risida dalolatnoma rasmiylashtirilgan.

Ijro hujjati talabi amalda to‘liq bajarilgan.

Byuro organlari sud va boshqa organ qarorlari ijro etishini inobatga olsak, fuqaro M.Xamidova ijtimoiy tarmoqlarda keltirilgan vajlari bo‘yicha sudga murojaati etishi lozim bo‘ladi.

MIB Namangan viloyati boshqarmasi