Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan shu yilning 21-25-sentyabr kunlari Namangan viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosi yuzasidan oʻrganish oʻtkazildi.

Oʻrganishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida, mavjud sanoat korxonalari, investitsiya dasturidagi sanoat loyihalari, mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan sanoat korxonalari hamda kichik sanoat zonalar faoliyatini oʻrganish, xatlovdan oʻtkazish, mavjud muammolarini aniqlab, ularni bartaraf etish boʻyicha aniq takliflar ishlab chiqish yuzasidan ishchi guruh tuzildi.

Ushbu tasdiqlangan ishchi guruh tomonidan viloyatning barcha tumanlarida oʻrganishlar oʻtkaziladi. Xususan, Yangi Namangan tumanida ham 25-30-oktyabr kunlari oʻrganish olib boriladi.

Bugun erta tongdan ishchi guruh tumandagi mavjud tashkilot va korxonalar masʼullari bilan yigʻilish oʻtkazib, bajariladigan ishlar boʻyicha kelishib oldi.

 

Yangi Namangan tumani hokimligi Axborot xizmati