Bugun Uchqoʻrgʻon tumanida viloyat hokimining oʻrinbosarlari T.Yusupov, O.Inamov hamda Markaziy bank viloyat boshqarmasi boshligʻi Gʻ.Voxidovlar tumandagi tadbirkorlar bilan uchrashuv oʻtqazdi.


Unda tadbirkorlar duch kelayotgan muammoli masalalar eshitilib, ularni hal etish maqsadida Ishchi guruhi tashkil etildi. Tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga bir qator topshiriq va vazifalar yuklatildi.

Viloyat hokimligining Iqtisodiy taraqqiyot bosh boshqarmasi