Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yilning 21-noyabrdagi PQ-4024-son hamda 2019-yil 14-sentyabrdagi PQ-4452-son qarorlariga muvofiq axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari joriy etilishini nazorat qilish tizimi samaradorligini oshirish maqsadida Kiberxavfsizlik markazi tomonidan barcha davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot va kiberxavfsizlikni taʼminlanganlik holati monitoringi yoʻlga qoʻyilgan.



Monitoringda davlat organlarida AKT sohasini rivojlantirish, axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik masalalari boʻyicha amalga oshirilgan ishlar reytingli baholanadi.

Reyting natijalariga koʻra, 2021-yil III-chorak yakuni bilan Namangan viloyati hokimligi koʻrsatkichi 90,8 foizni tashkil etib, respublika hududlari hokimiyat organlari oʻrtasida 1-oʻrin, barcha 134 ta davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari oʻrtasida 8-oʻrinni egalladi.

Namangan viloyati hokimligi axborot va kiberxavfsizlik boʻyicha hududlar ichida 9 oy yakuni bilan birinchi oʻrinni egalladi

 

Viloyat hokimligi Axborot xizmati