Qishloq xoʻjaligida, xususan, gʻalla, paxtachilikda oʻziga xos tajriba maktabi yaratgan poplik paxtakorlar 10 oylik tinimsiz mehnatlari samarasi oʻlaroq, davlat qabul punktlariga 33 ming 190 tonnadan ortiq paxta xom-ashyosi yetkazib berdi va belgilangan shartnomaviy rejani bajardilar.

Halol va mashaqqatli mehnat ortidan rizqu roʻz topib, yuksak xirmon yaratgan “Art soft” klasteri azamatlari, zahmatkash fermerlar va barcha qishloq xoʻjaligi mehnatkashlarini bugungi ulkan yutuqlaringiz bilan samimiy tabriklaymiz! Sizdek fidoyi, oʻz kasbiga sodiq  dehqonlarimiz moʻl hosil olish yoʻlida yana bir bor jasorat koʻrsatganligingiz chinakam mardlik va fidoyilik namunasidir.

Pop tumani dalalarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, xususan paxta yetishtirishning oʻziga xos mashaqqatli mehnati bor. Sizdek oʻz ishining mohir va bilimdonlari tomonidan olib borilgan barcha zarur chora-tadbirlar tufayli tuman miqyosidagi 10 ming 300 gektar maydondan 33 ming 190 tonnadan ortiq “oq oltin” xirmoni yaratilib, paxtakor-dehqonlarimizning yuzi yorugʻ boʻldi.

Zafar muborak boʻlsin, poplik paxtakorlar!

 

Viloyat hokimligi Axborot xizmati