Maʼlumki, Majburiy ijro byurosining viloyat boshqarmalari xodimlaridan iborat terma jamoalar oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari tashkil etilganligining 30 yilligi hamda 8-yanvar - prokuratura organlari xodimlari kuni munosabati bilan 2-17-noyabr kunlari sportning mini-futbol turi boʻyicha musobaqa oʻtkazildi.

Musobaqaning saralash oʻyinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan Byuroning Namangan viloyat terma jamoasi Toshkent shahrida oʻtkazilgan hal qiluvchi bosqichda ishtirok etishdi. Yarim finalda raqib boʻlgan Buxoro terma jamoasini magʻlub etgan namanganliklar finalda Jizzaxlik hamkasblar bilan toʻp surishdi.
Murosasiz kechgan oʻyinda jizzaxliklarni qoʻli banland keldi va Namangan viloyat terma jamoasi faxrli 2-oʻrinni qoʻlga kiritishdi.
Bugun boshqarma majlislar zalida Byuro direktori kubogi uchun tashkil etilgan musobaqada faol ishtirok etgan xodimlar munosib taqdirlanishdi.
Boshqarma boshligʻi D.Umaraliyev jamoa aʼzolarini faxrli 2-oʻrinni olgani bilan muborakbod etib, mamlakatimizda sportning barcha turlariga alohida eʼtibor qaratilayotgani, aynisa millonlar oʻyini hisoblangan futbolga boʻlayotgan eʼtibor haqida gapirib oʻtdi. Oʻz oʻrnida boshqarma, shahar va tumanlar boʻlimlarida mini futbol yanada ommalashib, haftada 2 marotaba mashgʻulotlar oʻtkazilayotgani, turli musobaqalar tashkil etilayotganini eʼtirof etdi. Shundan soʻng, jamoa aʼzolariga boshqarmaning qimmatbaho sovgʻalari tantanali topshirildi.
Albatta, bu kabi sport musobaqalarning tashkil etilishi mamlakatimizda sportni ommaviyligini taʼminlash, aholi ayniqsa turli soha vakillari oʻrtasida jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanish har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

MIB Namangan viloyat boshqarmasi