Xabar berib borayotganimizdek, Namangan shahrida so‘nggi vaqtga kelib, tez fursatda kichik sanoat zonalari qurish ishlari ilg‘orlab ketdi.


Nomi kichik sanoat zonasi deb yuritilsada ammo, bu tadbirkorlik bazalari aslida yirik loyihalar, katta hajmli ishlab chiqarish obyektlaridan iborat.

Oʻtgan oʻn oydan buyon ushbu kichik sanoat zonalarida qurilish ishlari uzluksiz olib borilmoqda.

21-noyabr kuni viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov, viloyat ishchi guruhi ushbu kichik zonasini borib koʻrishdi.

Joydagi qurilish ishlari umumiy koʻlamda deyarli yakunlanib qoldi.

Barkamol Avlod kichik sanoat zonasida qiymati 227,3 mlrd soʻmlik umumiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Kichik sanoat zonasi 46 ta turli tadbirkorlik loyihalarini oʻz ichiga jamlagan.  

Bugun viloyat hokimi boshchiligidagi ishchi guruh davom etayotgan qurilish ishlari bilan tanishishdi va obyektlar oʻrganildi. Reja boʻyicha ishlar yil so‘ngiga qadar yakunlanishi belgilangan.

Viloyat hokimligi axborot xizmati