YEVROPA TIKLANISH VA TARAQQIYOT BANKINING KREDIT MABLAGʻLARI HISOBIGA AMALGA OSHIRILUVCHI ISHLARGA TENDER!

Oʻzbekiston:  NWP-3 Markaziy laboratoriya binosini qurish va jihozlash  (takroriy tanlov)
Loyiha nomi:  “Namangan viloyatida suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish” loyihasi
YTTB loyihasining identifikatsiya raqami  49359
Mamlakat:  Oʻzbekiston
Mijoz nomi:  Ijro etuvchi agentlik sifatida qatnashuvchi “Oʻzsuvtaminot» AJ orqali Oʻzbekiston Respublikasi
YTTB mijozlarining elektron savdolar portalidagi identifikatsiya raqami:  19107800
Xarid nomi:  NWP-3 Markaziy laboratoriya binosini qurish va jihozlash (takroriy tanlov)
Xarid tavsifi:  Qurilish ishlari, shuningdek markaziy laboratoriya uchun zarur boʻlgan jihozlarni keltirish va oʻrnatish
Xarid turi:  Ishlar
Xarid usuli:  Soddalashtirilgan
Biznes-sohasi:  Munitsipal va ekologik infratuzilma
Eʼlon turi:  Bir bosqichli tanlovda qatnashishga taklif qilish
Nashr qilingan sana:  
Eʼlon berilgan sana:  18/11/2021 10:00
Yopish sanasi:  18/01/2022 10:00

Bir bosqichli tanlovda qatnashish uchun ariza berishga taklif qilish

1. Moliyalashtirish manbai:

Yuqorida nomi koʻrsatilgan mijoz Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki kredit mablagʻlarining bir qismini yuqoridagi loyihani moliyalashtirishga yoʻnaltirishni maqsad qilgan.

Moliyalashtirish boʻyicha qoʻshimcha maʼlumotlar yoʻq


2. Xarid boʻyicha maʼlumotlar:

Shartnoma (loyiha)lar boʻyicha tanlov Bank siyosati va xarid qilish qoidalariga muvofiq ravishda oʻtkaziladi va barcha davlatlarning firmalari uchun (agar xarid hujjatlarida boshqacha tartib koʻrsatilmagan boʻlsa) ochiqdir.

Shartnoma turi va xarid usuli yuqorida koʻrsatilgan. Xarid jarayonlarining toʻliq tavsifi xarid hujjatlarida koʻrsatilgan va YTTB ning mijozlar uchun elektron savdolar portalida bepul foydalanish uchun joylashtirilgan.  

Xarid hujjatlari quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan:

Batafsil texnik va moliyaviy talablar;
Lotlar boʻyicha maʼlumotlar;
Kutilayotgan natijalar;
Muvofiqlik hamda malakaviy talablar;
Shartnomani boshlanish sanasi;
Shartnomani davomiylik muddati;
Ariza berish bilan bogʻliq talablar;
Boshqa tegishli maʼlumotlar.

Xarid YETTB ning mijozlar uchun elektron savdolar portalida oʻtkaziladi.
Potensial qatnashchilar xarid tartib-qoida va amaliyotlariga quyidagi havola (ssыlka)ga kirish yoki “Dostup k vozmojnostyam” tugmasiga bosish orqali kirishlari mumkin.Tizimda roʻyxatdan oʻtib, aʼzo boʻlgan qatnashchilar toʻgʻridan-toʻgʻri tizimga kirib, hujjatlarga kirishlari mumkin, tizimga aʼzo boʻlmagan qatnashchilar esa qisqacha roʻyxatdan oʻtganlaridan soʻng tizimga kirishga ruxsat olishlari mumkin:
https://ecepp.ebrd.com/respond/2N88K644T8
3. Boshqa maʼlumotlar:  Yoʻq

4. Mijoz manzili:

Mijozning manzili faqat maʼlumot uchundir. Oʻz qiziqishlaringizni yuqorida koʻrsatilgan havola (ssыlka) orqali hujjatlarga murojaat qilgan holda namoyon qiling. Qatnashchilar Mijoz bilan aloqaga chiqish (bogʻlanish) uchun YTTB ning mijozlar uchun elektron savdolar portalining habarlar markazidan foydalanishlari zarur.

Baxtiyor Matyakubov – “Oʻzsuvtaʼminot” AJ “Loyihalarni muvofiqlashtirish guruhi” bosh direktori v.b.

Oʻzbekiston Respublikasi
Toshkent shahri, 100035
Niyozbek yoʻli koʻchasi, 1-uy
Tel.: +998977043100
E-pochta: Бу электрон манзил спамлардан химояланган. Уни куриш учун JavaScript ни ишга туширишингиз керак.