Ayni kunlarda mamlakatimiz bo‘ylab “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda. Bu ezgu ishda Majburiy ijro byurosining Namangan  shahar bo‘limi davlat ijrochilari va ularning oilalari ham faol ishtirok etishmoqda.

 

Xumoyunmirzo Abdullayev Byuroning Namangan shahar bo‘limida davlat ijrochisi lavozimida mehnat qiladi. Bugun yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan aksiyada u nafaqat o‘zi, ota-onalari ham tashabbus ko‘rsatishmoqda. Jumladan, o‘zlari yashab kelayotgan Davlatobod tumanining zamonaviy qiyofa kasb etgan Yuksalish massividagi uy-joylar atrofini obodonlashtirib, turli manzaralari daraxtlar ekishmoqda.

-Albatta bunday keng ko‘lamli ko‘kalamzorlashtirish ishlariga oilamiz bilan hissa qo‘shayotganimizdan behad mamnunmiz, deydi Xumoyunmirzo Abdullayev. Kun kelib bugun yaxshi niyatlar oilamiz bilan o‘tqazgan dub, kashtan  ko‘chatlarimiz katta bo‘lib atrof-muhit musaffoligini ta’minlaydi.
Umuman olganda, Byuroning Namangan shahar bo‘limi rahbar-xodimlari tomonidan aksiya doirasida o‘zlari tug‘ilib o‘sgan mahallalar, umumta’lim maskanlari, xiyobonlarga turli manzaralari daraxtlarni o‘tqazishmoqda.
Bunday ishlarni Byuroning Pop tumani bo‘limi xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar misolida ham ko‘rishimiz mumkin. Xususan kuni kecha tumandagi 42-maktabgacha ta’lim maskaniga tashrif buyurishdi va o‘zlari bilan olib kelingan manzarali daraxt va go‘l ko‘chatlarini hamjihatlikda o‘tqazishdi.
Bu kabi tadbirlar davom etmoqda.

MIB Namangan viloyat boshqarmasi