Yangiqoʻrgʻon tumanida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-avgustdagi “Mahallalarda tadbirkorlikni yanada qoʻllab-quvvatlash va tadbirkorlik sub’ektlari bilan aholi oʻrtasida kooperatsiyani rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5214-sonli qarori ijrosiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.



Ushbu qaror ijrosini taʼminlash maqsadida har bir sektordan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdan ortda qolayotgan va ishsizlik darajasi yuqori boʻlgan mahallalar tanlab olinib, “lider” tadbirkorlar biriktirildi.

Ushbu maqsadlarda tijorat banklari tomonidan  “yetakchi” tadbirkorlik sub’ektlariga 3 yil muddatgacha yillik 10 foiz stavkada, bitta mahalla uchun 2 milliard soʻmgacha miqdorda ajratiladi.


Viloyat hokimining oʻrinbosari T.Yusupov lider tadbirkor “Sara zar” MCHJ tomonidan  “Dexqonobod” MFYda 100 ta aholi xonadonlarida kooperatsiya asosida tashkillayotgan tikuvchilik  hamda  “Madina Shoxrux tekstil”  MCHJ faoliyatini oʻrganib, aniq vazifalar belgilab berdi.

Yangiqo‘g‘on tumani hokimligi