- Muammolarning oʻz vaqtida hal etilishi qatʼiy nazoratda, ijrochilardan soʻrov qatʼiy boʻladi. Qonuniy murojaatlaringizning hal etilmagani qolmaydi.

Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazakov Namangan viloyatidagi Prezident Xalq qabulxonasida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash maqsadida sayyor qabul hamda ochiq muloqot oʻtkazdi.

Yuzdan ortiq fuqarolarni qiynab kelayotgan muammoli masalalari mutasaddi boshqarmalar, tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirokida koʻrib chiqildi.

Fuqarolar sayyor qabuli va ochiq muloqoti chogʻida koʻtarilgan masalalar ijrosini soʻzsiz taʼminlash Namangan viloyati hokimi hamda Xalq qabulxonasi nazoratiga olindi.

Viloyat hokimligi Axborot xizmati