Joriy yilning 22-24-noyabr kunlari “IT-Park” Direksiyasining Navoiy va Samarqand filiallari rahbarlari Namangan viloyatiga tashrif buyurib, viloyatda IT-sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud infratuzilma bilan yaqindan tanishdilar.



Tajriba almashish yuzasidan tashkil etilgan tashrif davomida “IT-Park” boshqaruvidagi “IT-school” oʻquv markazi Namangan shahar va Chortoq tuman filiallari, “Bunyodkor” MFYda tashkil etilgan markaz hamda “Yangi Oʻzbekiston - yoshlar ziyo maskani”da tashkil etilgan Kovorking zonada olib borilayotgan ishlar tanishtirildi.

Shuningdek, viloyat hokimligi AKT rivojlantirish markazi, Axborot texnologiyalari hududiy boshqarmasi va “IT-Park” hududiy filiali oʻrtasidagi hamkorlik munosabatlari va ishlash mexanizmlari tanishtirildi.

Viloyatda yoʻlga qoʻyilgan oʻquv mexanizmi, yosh dasturchilar tomonidan ishlab chiqilayotgan loyihalarni respublika miqyosida ommalashtirish boʻyicha fikr va mulohazalar almashildi.

 

“IT-Park” Direksiyasi Namangan viloyati filiali