30-dekabr kuni viloyat hokimligi majlislar zalida xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashining navbatdagi yigirma sakkizinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi. Unda senatorlar, deputatlar, moliya, soliq idoralari rahbarlari va boshqa tegishli tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.


Dastlab 2021-yil yakuni bilan Namangan viloyati mahalliy byudjetining kutilayotgan ijrosi hamda 2022-yilga moʻljallangan loyihalar toʻgʻrisida viloyat moliya boshqarmasi boshligʻi Zuxriddin Baxriddinovning axboroti tinglandi.

Taʼkidlandiki, Joriy yil viloyatning byudjet daromadlari rejasi 2 trillion 593,5 milliard soʻm belgilangan boʻlib, amalda ushbu koʻrsatkich 2 trillion 790,1 milliard soʻmni yoki yil yakuni bilan 196,6 milliard soʻmga oshirib bajarilishi kutilmoqda.

2022-yilda Namangan viloyati mahalliy byudjeti daromadlari 2 trillion 903 milliard 215 million soʻm, xarajatlari esa 4 trillion 607 milliard 972 million soʻm miqdorida prognoz qilinmoqda.
 
Sessiyada viloyat moliya boshqarmasi boshligʻi tomonidan nazarda tutilgan xarajatlar haqida yoʻnalishlar va sohalar kesimida maʼlumot berildi.

Shundan soʻng deputatlar va ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollar va takliflarni oʻrtaga tashladilar. Xalq deputatlari viloyat Kengashining “Namangan viloyatining 2022-yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi tegishli qarori qabul qilindi.

Shuningdek, Xalq deputatlari viloyat Kengashining sessiyalar oraligʻida qabul qilgan qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masala ham koʻrib chiqildi.

Koʻrilgan masalalar yuzasidan xalq deputatlari viloyat Kengashining qarorlari qabul qilindi.

 

Viloyat hokimligi Axborot xizmati