Bugun Namangan viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazakov Kosonsoy tumanidagi “Dehqon bozori”da boʻldi.



Bu yerdagi yangi yil yarmarkasi, savdo shaxobchalarida savdo faoliyatini olib boruvchi yurtdoshlarimiz bilan muloqot qilgan viloyat rahbari bozorni tartibga keltirish, sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilish uchun shart-sharoitlar yaratilishini bildirdi.

Shuningdek, A.Jomiy mahallasi hududida joylashgan  noqonuniy rastalarni tartibga keltirish, narxlar barqarorligini taʼminlash boʻyicha mutasaddilarga topshiriq berdi.

Ushbu holat aholining harakatlanishi uchun ancha noqulayligi sababli masala koʻtarildi. Holatni bartaraf etish boʻyicha bozor maʼmuriyati mutasaddilarga topshiriq berildi.

 

Viloyat hokimligi Axborot xizmati