Viloyat hokimining oʻrinbosari Saidahmad Sultanov boshchiligidagi ishchi guruh “Xalqlar doʻstligi” va “Yuqori Gʻirvon” MFYlarni bogʻlovchi Shimoliy Fargʻona kanali ustidan oʻtuvchi koʻprikni toʻliq taʼmirlash jarayonlarini joyiga borib koʻrdi.



Ushbu koʻprik avtomobillar qatnovi uchun yaroqsiz holatda boʻlgani sababli undan uzoq yillar faqat piyodalar qatnab kelgan, xolos. Aholiga qulaylik yaratish maqsadida boshlangan ishlari viloyat va tuman hokimlari tomonidan doimiy nazoratga olingan.


Koʻprikning ochilishi aholini uzogʻini yaqin qilish bilan birga, “Qoʻqumboy” shoh koʻchasida xizmat koʻrsatish surʼatini oshirishga ham xizmat qiladi.

Viloyat hokimligi Axborot xizmati