Viloyat hokimining keyingi manzili 2-sektorga qarashli “Guzar” mahallasi boʻldi. U yerda hokim mahallaning asosiy muammolaridan biri - mahalla idorasi yoʻqligini oʻrgandi.



Yangi mahalla idorasi qurish uchun tadbirkor tomonidan davlat xususiy sherikchilik asosida mahalla balansidagi binoni tez fursatda qurib, foydalanishga topshirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi. Shuningdek, ushbu mahalla aholisini qiynayotgan ichimlik suvi muammosi ham viloyat rahbari tomonidan hal etib beriladigan boʻldi.

Shuningdek, ushbu mahalla boʻyicha hokim yordamchisi bilan amalga oshirayotgan ishlar xususida suhbat qildi.

 

Viloyat hokimligi Axborot xizmati