Viloyat hokimligi xodimlari uchun muborak kunlarni munosib kutib olish va nishonlash maqsadida hashar oʻtkazish yaxshi an’anaga aylangan.

Erta tongdan Namangan viloyatidagi barcha mahallalarda, tashkilot va korxonalarda ishlar jadallik bilan boshlab yuborildi. Avvalo qurigan shox-shabbalar, begona oʻtlar olinib, ariqlarni tozalash, chiqindilarni maxsus joylarga eltish, binolarda esa engil ta’mirlashga ahamiyat berildi. Yoʻl qirgʻoqlari alohida e’tiborga olindi.

Ayni damda viloyat hokimligida - yurt farovonligi" shiori ostida umumxalq xayriya hashari koʻtarinkilikda olib borilmoqda.

Zero, hashar kunlarida odamlar orasida oʻzaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirish, begʻaraz yordam, mehr-muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltirish, mahallalar hamda aholi turarjoylarini obod qilish va hududlar sanitariya holatini yaxshilash ishlari umumxalq harakati darajasiga koʻtariladi.

Yurtimiz obodligi va mahallalarning farovonligi maqsadida oʻtkazilayotgan xayriya hasharida barcha xodimlar faol ishtirok etishdi.