Xotira xiyobonida 9 may – Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.

Unda Namangan viloyati harbiy-ma’muriy sektori rahbari Shavkatjon Abdurazakov, huquq-tartibot idoralari, sektorlar rahbarlari, shahar va tuman sektor rahbarlari, nuroniylar, keng jamoatchilik vakillari qatnashdilar.

Viloyat hokimi “Motamsaro ona” yodgorlik majmuasiga gulchambar qoʻydi.

Viloyatimizdagi boshqarma va idoralar vakillari ham majmua poyiga gullar qoʻydi.

Xotira va qadrlash tadbirlari viloyatimizning shahar va tumanlarida, mahalla va guzarlarida davom ettirildi.

 

Viloyat hokimligi Axborot xizmati