“Albatta, oʻtgan qisqa davrda jamiyatimizning siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy qiyofasi tubdan oʻzgardi.

Olti yil oldingi xalqimiz bilan bugungi yurtdoshlarimizning dunyoqarashi oʻrtasida katta farq bor.

Insoniyat ilmiy-texnologik davrga qadam qoʻydi. Jahonda keskin transformatsiya jarayonlari va raqobat kuchaymoqda.

Ertangi kunini oʻylagan xalqlar va davlatlar oʻz kelajagi haqida bugun har qachongidan ham jiddiy bosh qotirmoqda.

Bu oʻrinda tabiiy savollar tugʻiladi. Mana shunday hal qiluvchi pallada va kelajakda davlatimizda, jamiyatimizda insonning oʻrni va qadri qanday?

Qanday siyosiy-huquqiy, iqtisodiy-ijtimoiy va ma’naviy-gumanitar tamoyillar, qadriyat va manfaatlar biz uchun ustuvor ahamiyatga ega boʻladi?

Eng muhimi, konstitutsiyaviy islohotlar oddiy aholiga, xalqimiz farovonligini ta’minlash, jamiyatimiz va davlatimiz taraqqiyotiga nima beradi?”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
matbuot kotibi