Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasida eng ulugʻ, eng aziz ayyom – mamlakatimiz mustaqilligining qutlugʻ 31 yilligiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Tadbirda boshqarma boshligʻi B.Mirzaaxmedov yigʻilganlarni Vatanimiz istiqlolining shonli 31 yilligi bilan muborakbod etib, yurtimizda kechayotgan oʻzgarish va yangilanishlar, inson huquq -manfaatlarini taʼminlash borasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilayotgani va uning samaralariga alohida toʻxtaldi. Ayniqsa, Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan bugungi kunda voyaga yetmaganlarning huquqi manfaatlarini taʼminlash, bank, soliq, zarar, uyga kiritish, bola olib berish kabi 20 dan ortiq yoʻnalishlarda ijro hujjatlari taʼminlab kelinayotgani taʼkidlab oʻtildi.

Shundan soʻng Byuroning viloyat boshqarmasi, shahar va tumanlar boʻlimlarida faoliyat koʻrsatib kelayotgan, oʻzining mehnati va fidoyiligi bilan oʻrnak boʻlayotgan xodimlarga Bosh prokuratura, Majburiy ijro byurosining tashakkurnomalari, qimmatbaho sovgʻalari tantanali ravishda topshirildi. Tadbirda shuningdek, oʻz xizmat vazifalarini vijdonan bajarib kelayotgan bir guruh xodimlar ham boshqarma tomonidan ragʻbatlantirildi.

Fotolavhalar

MIB Namangan viloyat boshqarmasi