Chop etish

Bugun mamlakatimiz boʻylab taʼlim maskanlarida “Birinchi qoʻngʻiroq” chalinib, yangi oʻquv yili boshlandi. Namangan shahridagi 16-umumtaʼlim maktabida ham “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida tantanali tadbir boʻlib oʻtdi. Unga maktab jamoasi, oʻquvchilar, ularning ota-onalari, jamoat hamda davlat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etishdi.

Davlatimiz madhiyasi yangrab, maktab ostonasiga ilk qadam qoʻygan 190 nafar jajji oʻgʻil-qizlar chiqib kelishdi. Shundan soʻng maktab direktori barchani yangi oʻquv yili bilan qutladi. Tadbirga tashrif buyurgan Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi boshligʻi Bekzod Mirzaaxmedov soʻz olib, barchani istiqlolimizning qutlugʻ 31 yilligi hamda yangi oʻquv yili bilan qizgʻin muborakbod etdi. Tadbirda ilm maskani va unda tahsil olayotgan oʻquvchilar uchun badiiy kitoblar jamlamasi sovgʻa qilindi.

MIB Namangan viloyat boshqarmasi