Yurtboshimiz tomonidan vatan taqdirini oʻylab, jamiyatning barcha jabhalarida juda ulkan qurilish ishlarini amalga oshirayotganligini guvohi boʻlib turibmiz.

Davlatobod tumani hududida barpo etilayotgan Yangi Namangan shaharchasining bir qismi hisoblangan Tadbirkor mahallasida ushbu taʼlim muassasasini qurilishi shu yerda istiqomat qilayotgan qariyb uch ming oila farzandlariga tuhfa boʻldi desak mubolagʻa boʻlmaydi.

Ushbu taʼlim muassasaning umumiy loyiha qiymati 18 milliard 276 mln. 885 ming soʻm boʻlib, uni “Bunyodkor Mubosher” MCHJ tomonidan qurib foydalanishga topshirildi va 55 nafar pedagog xodimlarga yangi ish oʻrinlari yaratildi. Natijada qariyb ming (1000) nafar oʻquvchi yoshlarga malakali mutaxassislar tomonidan taʼlim-tarbiya berishi boshlandi.

Maktabning har bir sinf xonalari oʻquvchilar kayfiyatini koʻtaruvchi ranglar bilan, kimyo, biologiya, fizika xonalari zamonaviy jihozlar bilan, informatika xonasi esa zamonaviy interaktiv doskalar bilan jihozlangan.

Bundan tashqari zamonaviy interaktiv doska bilan jihozlangan va internet tarmogʻiga ulangan kutubxona hamda 210 oʻrinli faollar zali, 12*24 oʻlchamli sport zal, xuddi shunday oʻlchamdagi mini futbol maydoni oʻylaymanki, oʻquvchi-yoshlarning eng sevimli maskaniga aylanadi.

Shuningdek, 170 oʻrinli oshxona ham maktab jamoasiga munosib xizmat qiladi.

Tadbirda viloyat hokimi, Oliy majlis Senati aʼzosi Shavkatjon Abdurazakov, nuroniylar, faollar, pedagoglar, oʻquvchilar, ota-onalar va OAV vakillari, shuningdek keng jamoatchilik ishtirok etishdi.

Men yana bir bor Sizlarni bugungi yangi maktabda oʻquv yilini boshlashingiz bilan chin dildan qutlab, xalqimiz ishonchini oqlab, kelajakda yaxshi, bilimli, mustaqil Respublikamizning munosib farzandlari boʻlib yetishadigan kadrlarni tarbiyalashingizda ulkan zafarlar tilab qolaman! – Shavkatjon Abdurazakov

Fotolavhalar

Viloyat hokimligi Axborot xizmati