Paxtadan olinadigan daromad iqtisodiyotimizning muhim asoslaridan biri. Terimga puxta tayyorlik koʻrish, mavsumni masʼuliyat bilan tashkil etish esa unga zamin yaratadi.

Bu yil viloyatimiz boʻyicha 1193 nafar fermer xoʻjaliklarining 63406 gektar maydonlarida har gektaridan 37,2 sentnerdan jami 235 624 tonna paxta xom ashyosi terib olish rejalashtirilgan. Oltita klaster hosil qabul qilishga tayyor.

4-sentabr kuni Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi “Ahmadjonov Abdullajon” fermer xoʻjaligida joriy yil hosilini tez va uyushqoqlik bilan yigʻishtirib olishga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi. Unda viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazakov, tumanlar hokimlari va ularning qishloq xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari, xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar rahbarlari, nuroniylar ishtirok etishdi.

Bu yil Toʻraqoʻrgʻon tumanida 4269 gektar maydonda paxta yetishtirilgan. Erta bahordan qilingan mehnat mahsuli chaqqon qoʻllarga mahtal boʻlib turibdi. Paxtaning davlat xarid narxi oshgani dehqonlarni ham, terimchilarni ham ruhlantirib, shijoat bilan mehnat qilishga chorlamoqda.

Seminarda ulugʻ niyatlar bilan jonliq soʻyilib, ehson dasturxoni yozildi. Viloyat hokimi rahbarligida paxtazorga kirilib, nuroniylar hamrohligida terim boshlab berildi.

Fotolavhalar

Viloyat hokimligi Axborot xizmati