Joriy yilning 14-sentyabr kuni ijtimoiy tarmoq orqali murojaat yoritilgan. Unda fuqaro Surayyo Gʻaffarova aliment undirib berilmayotganini bayon etgan. Mazkur murojaat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.
Fuqarolik ishlari boʻyicha Namangan tumanlararo sudining


2017-yil 18-dekabrdagi qaroriga koʻra qarzdor A.Gʻaffarovdan undiruvchi S.Gʻaffarova foydasiga 2 nafar farzandining moddiy taʼminoti uchun 1/3 qism miqdorida aliment undirish belgilangan. Mazkur ijro hujjati 2018-yilning 7-yanvar kuni Byuroning Namangan tuman boʻlimi ish yurituviga kelib tushgan va davlat ijrochisi tomonidan qaror qabul qilingan. Ijro harakatlari davomida qarzdorning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqlari vaqtincha cheklangan. Shuningdek, amaldagi tartibga koʻra tegishli tashkilotlardan olingan maʼlumotlarga koʻra A.Gʻaffarovning egaligida mol-mulklari yoʻqligi aniqlangan. Bundan tashqari ijro hujjatida koʻrsatilgan qarzdorning yashash xonadoni, yaʼni Namangan tumani “Navqiron” mahalla fuqarolar yigʻiniga borib oʻrganilganda, u yerda yashamasligi, uyni sotib yuborganligi maʼlum boʻlgan.
A.Gʻaffarov koʻrsatilgan manzilda yashamayotgani sababli Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida” gi Qonunning 42-moddasiga asosan unga nisbatan qidiruv eʼlon qilingan.

MIB Namangan viloyat boshqarmasi