Joriy yilning 26-sentyabr kuni “BASTION” telegram tarmogʻida murojaat yoritilgan. Unda murojaatchi bir nafar farzandi uchun qarzdor Uskanov Muroddan aliment undirib berilmayotganini bayon etgan. Mazkur murojaat oʻrganildi va quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Byuroning Davlatobod tuman ish yurituvida fuqarolik ishlari boʻyicha Namangan tumanlararo sudining 2020-yil 16-yanvardagi buyrugʻiga asosan qarzdor Uskanov Muroddan undiruvchi Uskanova Mavjuda foydasiga bir nafar farzandining moddiy taʼminoti uchun ¼ qism miqdorda aliment undirish belgilangan. Ijro harakatlari davomida qarzdorning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqlari vaqtincha cheklangan. Shuningdek, amaldagi tartibga koʻra tegishli tashkilotlardan olingan maʼlumotlarga koʻra M.Uskanov egaligida mol-mulklari yoʻqligi aniqlangan. Shuningdek, davlat ijrochisi tomonidan M.Uskanovning ijro hujjatida koʻrsatilgan manzilga borilganda topish imkoni boʻlmagan hamda majburiy keltirish yuzasidan qaror chiqarilgan.

Joriy yilning 1-sentyabr holatiga qarzdorlik 25.111.350 soʻmni tashkil qilib, uni bartaraf etish boʻyicha ogohlantirilgan. Agar qarzdorlik qoplanmagan taqdirda unga nisbatan maʼmuriy javobgarlik masalasi hal etilishi tushuntirilgan.

MIB Namangan viloyat boshqarmasi