Viloyat hokimligining katta majlislar zalida xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashining oʻttiz beshinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiya ishida xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, viloyat hokimining sohalar boʻyicha oʻrinbosarlari va maslahatchilari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, boshqarma va tashkilotlar, sektor rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

 

Sessiyada 2023 yil uchun Namangan viloyati mahalliy byudjeti muhokama qilindi.
2023 yil - Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yilida Namangan viloyatining umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, sogʻliqni saqlash muassasalari ob’ektlarini loyihalashtirish, qurilish va rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash, shuningdek sugʻoriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash tadbirlari doirasida ob’ektlarni loyihalashtirish, mukammal ta’mirlash hamda ta’mirlash-tiklashga doir xarajatlar hamda viloyat hokimligi tasarrufidagi keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat uyi Namangan viloyatining viloyat byudjetidan moliyalashtiriladi.

Birinchi navbatda ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, oziq-ovqat, dori-darmon va kommunal xizmatlar xarajatlari rejalashtirilishini nazarda tutgan holda shakllantirish koʻzda tutilgan.

Kun tartibidagi masala boʻyicha viloyat hokimligining Moliya boshqarmasi boshligʻi Zuxriddin Baxriddinovning taqdimoti eshitildi.
Muzokaraga chiqqanlar mablagʻlardan foydalanish, ayniqsa tashabbusli byudjet kabi dasturlar doirasida quyosh panellaridan foydalanish singari muqobil energiya manbalarini oʻrnatish imkoni ham yaratib berilishi ayni muddao boʻlishini ta’kidladilar.

Sessiyada byudjet mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish, byudjet intizomiga rioya etilishi ustidan nazorat va mas’uliyatni yanada kuchaytirish vazifalari topshirildi.

Shuningdek, sessiyada xalq deputatlari viloyat Kengashining doimiy komissiyalari tarkibi, tashkiliy va sessiyalar oraligʻida qabul qilingan qarorlarni tasdiqlash masalalari ham koʻrib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

 

Fuqarolar boʻyicha byudjet Namangan viloyati