Chop etish

Viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazakov boshchiligidagi ishchi guruh qishloq xoʻjaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Norin tumaniga keldi.
Xususan, gʻoʻza va bugʻdoy parvarishida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

 

Dastlab, tumanning 3-sektor hududida joylashgan Paxtakor MMTP hududidagi "“Iftixor kiyim saʼnoat” klaster fermer xoʻjaligi dala maydonlaridagi gʻalla va paxta dalalarini koʻzdan kechirildi.

Hozirda paxta maydonlarida chopiq va kultivatsiya ishlari olib borilmoqda. Gʻallani  qoʻshimcha oziqlantirish maqsadida mineral ozuqalar berilmoqda.

Viloyat hokimi belgilangan agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida bajarish bilan birga bugʻdoydan 80-100 sentnerdan hosil olish imkoniyatlarini taʼkidlab oʻtdi.

Tumanda  140 ta paxta va gʻallachilik yoʻnalishidagi fermer xoʻjaligi mavjud boʻlib, joriy yilda 5811 gektar maydonda paxta yetishtiriladi. 22141 tonna hosil olish koʻzlangan.

Viloyat hokimi Axborot xizmati