Chop etish

Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazakov Yangiqoʻrgʻon tumani “Qizil yozi” MFY hududida joylashgan 36-maktab binosida tuman yoshlari bilan uchrashdi.

Bugungi uchrashuv chinakamiga “yoshlar bayrami”ga aylanganini eʼtirof etish kerakki, yoshlarning qushlar koʻrgazmasi, sport musobaqalari, chempionlar chiqishlari, rassomlar uchun master-klass, Respublikada oliy oʻrinlarga sazovor boʻlgan yoshlar orkestri sadolari tadbirga bayramona ruh bagʻishladi.Unda yoshlarning ishga joylashish, kasb-hunarga oʻqitish, imkoniyati cheklangan yoshlar uchun ixtisoslashgan bilim olish, axborot-kutubxona markazi tashkil etish kabi mavzulardagi murojaat va takliflari tinglandi.Masalalarning hammasi joyida hal etildi. Ishga joylashish istagidagi yoshlar alohida ajratib olinib, ularning murojaatlari bilan kambagʻallikni qisqartirish va bandlikni taʼminlash mutasaddilari doimiy shugʻullanishi yuzasidan koʻrsatma berildi. Yoshlarga oʻz yoʻllarini topishlari uchun barcha sharoitlar yaratib berish eng asosiy maqsad ekani alohida taʼkidlandi.Shundan soʻng, Respublika ishchi guruhi ishtirokida yakka tartibda taʼlim olayotgan Sevinch Ravshanbekova va Otabek Ahmadjonov xonadonlariga borib, ularning oilasi bilan suhbat oʻtkazildi, viloyat hokimining sovgʻalari topshirildi.