Yigʻilishda Prezident Administratsiyasi masʼul xodimi Akbarjon Tagayev, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari oʻrinbosari Zohidjon Toʻraqulov, viloyat Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi aʼzolari, tegishli boshqarma, tashkilot va korxona rahbarlari ishtirok etdilar. Hududiy studiyalardan shahar va tumanlar sektorlari rahbarlari videokonferensiya orqali yigʻilishda qatnashdilar.

Yigʻilishni viloyat hokimi, viloyat Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi raisi Shavkatjon Abdurazzaqov olib bordi.

Joriy yilning 3-4-noyabr kunlari Respublika ishchi guruhi tomonidan viloyatimizda olib borilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy ishlar holati oʻrganildi. Dastlab Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʻlimi rahbari Musoxon Appakov mazkur oʻrganish yakunlari boʻyicha tayyorlangan hisobotni oʻqib eshittirdi.

Viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzakov global miqyosdagi gʻoyaviy tahdidlar va axborot xurujlari davrida, yot gʻoyalar, yot qadriyatlarni yoshlarimiz ongiga singdirishga boʻlayotgan keng koʻlamli urinishlar chogʻida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni himoya qilish, xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltirish yanada dolzarb ahamiyat kasb etayotganini qayd etib, ilm-maʼrifat orqaligina taraqqiyotga erishish mumkinligini taʼkidladi.

Yigʻilish davomida oʻrganish natijalari boʻyicha masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻygan shahar-tuman hokimlari ham soʻz olib, aniqlangan kamchiliklardan tegishli xulosa chiqarib, ularni bartaraf etish boʻyicha tizimli ish tashkil qilishga soʻz berdilar.

Viloyat hokimligi Axborot xizmati