Yangi Namangan tumanidagi “Yoshlik baraka” bozorida vodiyda ilk bor xalqaro zotdor hayvonlari va parrandalar koʻrgazmasi boʻlib oʻtmoqda.

Tantanali ochilish marosimida soʻz olgan viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazakov Namanganda sayyohlarni oʻziga jalb etuvchi festivallar soni koʻpayib borayotganini aytib, ushbu koʻrgazmali tadbir ham chorvachilik va parrandachilik borasida oʻzaro tajriba almashish, zotdor hayvonlar va parrandalarni koʻpaytirish barobarida sohaga ilmiy yondashuvni olib kirish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, sifatli goʻsht-sut mahsulotlari ishlab chiqarish xajmini oshirishga xizmat qilishini taʼkidladi.

Ramziy lentalar qirqilgach, ishtirokchilar koʻrgazmadan oʻrin olgan zotli hayvonlar va noyob parrandalarni koʻzdan kechirishdi.

Mazkur nufuzli tadbirda 250 dan ortiq mahalliy va xorijiy tadbirkorlar 1000 dan ortiq chorva hayvonlari va parrandalar bilan ishtirok etmoqda. Xususan, qoʻshni respublikalar Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Tojikiston davlatlaridan chorvachilik va parrandachilik bilan shugʻullanadigan yirik tadbirkorlar tashrif buyurishgan.

Yangi Namangan tumani hokimligi