«Namanganni etakchi ta’lim markaziga aylantirish bosh maqsadimiz. Respublikada birinchi boʻlib «Bolalar sayyohlik bazasini bizda qurilgani bejizga emas», - viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov «Barkamol avlod» bolalar maktabi tasarrufidagi «Bolalar sayyohlik bazasi»ni ochib berdi.

Viloyatda yoshlar turizmini rivojlantirish, Respublikamiz oʻquvchilari oʻrtasida oʻzaro tajriba almashish maskani, doʻstlik uyi boʻlib xizmat qiluvchi 150 oʻringa moʻljallangan maskan 7 mlrd soʻm mablagʻ evaziga qurildi va jihozlandi.

 -  Prezidentimiz qarorlari bilan qurilib, topshirilayotgan muhtasham maskan yoshlarni boʻsh vaqtlarini unumli va mazmunli tashkil etish, ularni kasb-hunarga yoʻnaltirish, qiziqishlariga qarab toʻgaraklarga jalb etishda, hududlar tarixini oʻrganishda, tajriba almashishda muhim ahamiyatga ega, - dedi viloyat rahbari.

Namangan viloyatida 13 ta “Barkamol avlod” bolalar maktablarini ta’mirlash uchun 1,4 mlrd. soʻm,  jihozlash ishlariga 3,1 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilib muassasalarda yangi yoʻnalishdagi toʻgaraklari faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

“Barkamol avlod” bolalar maktablari toʻgarak a’zolari 147 ta Respublika tanlovlarida faxrli oʻrinlarni egallagan boʻlsa, 33 ta halqaro tanlovlarda faol ishtirok etdilar.

Marosimda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri oʻrinbosari Dilshod Kenjaev va keng jamoatchilik vakillari ishtirok eidilar