Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi ayyomi Namanganda ham keng nishonlandi.

Alisher Navoiy nomidagi viloyat musiqali drama teatrida boʻlib oʻtgan bayram avvalida mehmonlar Konstitutsiyasi koʻchasida Adliya, milliy gvardiya va sport boshqarmalari tomonidan tashkil etilgan koʻrgazmalar bilan tanishdilar.

Bayram tadbirini viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov ochib, Davlat rahbari boshchiligida yurtimizda amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar, yangi tahrirdagi Konstitutsiya bilan belgilab qoʻyilgan huquqlarimiz haqida soʻzladi.

Shuningdek, “Islohot – islohot uchun emas, inson uchun” tamoyili asosida Oʻzbekiston Konstitutsiyasi oʻzgarish va yangilanishlar kiritilgani va bular barchasi Xalqimiz farovonligi, yurtimiz tinchligi uchun ekani alohida qayd etildi.

Badiiy chiqishlar, estrada xonandalari hamda yosh ijrochilarning kuy-qoʻshiqlari, qardosh xalqlar raqslari tadbirga oʻzgacha chiroy baxsh etdi.

Bayram tadbirlari shahar va tumanlarda davom etmoqda.