Bosh Qomusimiz 31 yilligi bayrami arafasida Davlatobod tumanidagi 29-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti zamonaviy yangi qiyofaga ega boʻldi

Xalqlar Doʻstligi mahallasidagi ushbu bogʻchada investitsiya dasturi doirasida 3,5 milliard soʻmlik qurilish ta’mirlash ishlari olib borildi.

Har bir guruh xonalari zamonaviy jihozlanib, sifatli ta’lim uchun barcha sharoitlar yaratildi.

Marosimda viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri oʻrinbosari Dilshod Kenjaev va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.