«Mukammal ilm, kreativ gʻoya, til va raqamli texnologiyalarni puxta egallash har bir farzand uchun eng birinchi zaruriyatdir. Buning uchun etarli sharoit yaratilmoqda. Bosqichma bosqich barcha maktabga etib boramiz», - Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Yangi Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabi ochilish marosimida ishtirok etdi.


 
Viloyat rahbart barchani Bosh qomusimizning 31 yillik ayyomi bilan qutladi hamda mamlakatimiz ta’lim tizimida yuz berayotgan oʻzgarish va yangilanishlar chuqur bilimga ega, har taraflama barkamol yosh avlodni tarbiyalashga xizmat qilayotganini alohida ta’kidladi.

336 oʻringa moʻljallangan ushbu dargoh tumanning Mehnatobod mahallasidagi sobiq Mehribonlik uyi oʻrnida barpo etilgan boʻlib, 8 mlrd soʻmdan ziyod mablagʻ evaziga toʻliq qayta ta’mirdan chiqarildi va har bir sinf xonalari innovatsion texnika jihozlari bilan boyitildi.

Muassasada 40 nafar pedagog va texnik xodim ishlaydi. 179 nafar yuqori sinf oʻquvchisiga ta’lim-tarbiya beriladi.