Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Yangiqoʻrgʻon tumanida suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Tuman boʻyicha jami 29,5 ming gektar sugʻoriladigan ekin yer maydonlari mavjud boʻlib, shundan 5338 gektariga “ob - hayot” 21 ta nasos stansiyalari orqali yetkazib beriladi.

Xususan, “Fargʻona vodiysida suv resurslarini boshqarish” 2-bosqich loyihasi doirasida Lot-3 kontrakti boʻyicha rekonstruksiya qilinayotgan  “Gʻalaba” nasos  stansiyasi yordamida  “Doli Sattarov -Said Baraka”, "Iskovot rizq-roʻzʻ agrofirmalari hududidagi qishloq xoʻjaligi foydalanishida boʻlgan yer maydonlari suv bilan taʼminlanadi.

Viloyat rahbari nasos stansiyasida  6 ta yangi nasos agregatlarini  oʻrnatish ishlarini koʻzdan kechirdi.

Taʼmirlash ishlarini tezlatish yuzasidan masʼullarga topshiriq berdi.

Namangan viloyati hokimligi Axborot xizmati