Viloyat hokimi tasdiqlagan tadbirlar rejasiga muvofiq, joriy yilning 26-30 dekabr kunlari Namangan shahri markazida savdo yarmarkasi o‘tkazilmoqda.

Shaharning Istiqlol hamda Davlatobod mavzesidagi Yashil bozor hududida tashkil etilgan savdo yarmarkasi faoliyatidan aholi mamnun. Boisi mahsulotlar o‘zining yuqori sifati, bozordagidan ancha arzonligi bilan xaridorlarga manzur bo‘lmoqda. Jumladan, go‘shtning bir kilogrammi 16 ming so‘mdan, gurunch 2 ming so‘mdan sotilmoqda. Boshqa mahsulotlar narxi ham birmuncha arzon. 2016 yil mingbuloqlik sholikorlarga qutlug‘ keldi. Sholidan har yilgidan ko‘ra mo‘l hosil yetishtirildi. Ular yarmarkaga uch ming tonna gurunch, uch ming tonna qovun-tarvuz, 10 tonna baliq, bir tonna oshqovoq va boshqa ko‘plab qishloq xo‘jaligi, chorvachilik mahsulotlari taklif etishdi. Yangiqo‘rg‘on tumani dehqonlari esa o‘zlarining shirindan-shakar meva, uzum, kartoshka kabi noz-ne’matlari bilan barchani xushnud etishmoqda.

Belgilangan tadbirlar rejasiga ko‘ra joriy yilning 31 dekabr kuni tuman markazlarida ham ana shunday savdo yarmarkalari bo‘lib o‘tadi.

Axborot xizmati