O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev  Namangan viloyatida bo‘lib o‘tgan saylov oldi uchrashuvida bir qator ustuvor vazifalarni belgilab bergan edi. Hozirda viloyatda mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash ishlari  qizg‘in davom etmoqda.

Mamlakatimiz rahbarining  xalqimizning ma’naviy - ma’rifiy yuksalishi yo‘lida yashab ijod etgan shaxslarning xotirasini abadiylashtirish,  omma, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida ularning hayoti va faoliyatini keng targ‘ib qilish borasidagi qimmatli fikr - mulohazalari hamda vazifa, takliflaridan  kelib chiqqan holda  viloyat hokimining  2016 yil 17 dekabrda “To‘raqo‘rg‘on tumanida “Ishoqxon To‘ra Ibrat”ga atab zamonaviy bog‘, yodgorlik majmuasi hamda til o‘rganish bo‘yicha “Ishoqxon To‘ra Ibrat” nomidagi maktab tashkil etish to‘g‘risida”gi 457-sonli qarori “To‘raqo‘rg‘on tumanida “Ishoqxon To‘ra Ibrat”ga atab zamonaviy bog‘, yodgorlik majmuasi hamda til o‘rganish bo‘yicha “Ishoqxon To‘ra Ibrat” nomidagi maktab tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori ishlab chiqildi. Mazkur hujjatga binoan  1862 - va 1937 - yillarda yashab ijod etgan buyuk ilm sohibi Isoqxon To‘ra Ibrat xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on tumanida umumiy maydoni 2,2 gektarni tashkil etuvchi “Ibrat” majmuasini loyihalashtirish ishlari yakuniga yetkazildi.

Mazkur majmuada “Ibrat” muzeyi (ichida kutubxona va mutolaa xonalari, ekspozitsion zal), “Ibrat” tillar maktabi(21x12 metr zal, 160 o‘quvchiga mo‘ljallangan o‘quv xonalari, sport maydonchalari), “Ibrat” bog‘i (Favvora, xiyobon, Ibrat haykali) qurilishi ko‘zda tutilgan. Qurish ishlari esa shu yilning  mart oylarida boshlab yuboriladi.

Aytish kerakki, Isoqxon To‘ra Ibrat vodiyda ilk bor “Matbaaiya Isoqiya” bosmaxonasiga asos solgan ma’rifatparvar inson bo‘lgan. U o‘sha davrdayoq 7 ta xorijiy tilni o‘zlashtirib, bir nechta o‘quv darsliklari va boshqa noyob adabiyotlarni yaratgan.

Axborot xizmati