Majburiy ijro byurosi Namangan shahar bo‘limi ish yurituvidagi jami ijro hujjatlarining qariyb 30 foizi aliment bilan bog‘liq. Shu bois, ish yurituvidagi har bir aliment bilan bog‘liq hujjatlari ijrosini ta’minlash borasida tegishli choralarni ko‘rib kelmoqdamiz. Olib borayotgan targ‘ibot va tushuntirishlardan so‘ng ayrim mas’uliyatini unutgan qarzdor otalar farzandi moddiy ta’minotini uchun to‘planib qolgan qarzdorlikni bartaraf etishmoqda.

Namangan shahar, Davlatobod tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro D.Ibrohimovaning sud qarori ijrosi ta’minlanmayotgani yuzasidan yo‘llagan murojaati bo‘lim tomonidan qanoatlantirildi.

To‘raqo‘rg‘onda 2021 yilda qariyb 100 kilometrga yaqin yo‘l shag‘allanishi, asfaltlanishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, bugungi kunga kelib bu ishlarning 70 foizi bajarildi. 71 kilometr magistral va ichki xo‘jalik yo‘llari ta’mirlandi. Shundan  24 kilometr yo‘llar asfaltlandi.  47 kilometr yo‘l shag‘allandi.

Mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, respublika bo‘ylab koronavirus pandemiyasi tarqalishining oldini olish hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2021 yilning avgust oyi “Mahallalarni obodonlashtirish” oyligi etib belgilangan edi.

Joriy yilning o‘tgan 6 oyida Byuroning Chortoq tuman bo‘limi tomonidan tegishli hamkorlar bilan olib borilgan tushuntirish va targ‘ibot natijasida 115 ta oilani yarashtirishga erishildi. Bu haqda 20-avgust kuni Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar uchun Chortoq tumaniga tashkil etilgan press-tur davomida aytib o‘tildi.

Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi Axborot ta’minoti va qidiruv sho‘basi xodimlari tomonidan farzandi moddiy ta’minotidan bo‘yin tovlab, yashirinib yurgan qarzdor ota Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahridan topildi.

Majburiy ijro byurosi Mingbuloq tuman bo‘limi va jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi hamkorligida bo‘lib o‘tgan sud jarayonida o‘z farzandlari uchun aliment mablag‘larini o‘z vaqtida to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlayotgan 3 nafar fuqaroning ishi atroflicha ko‘rib chiqildi.