Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozarov va Sverdlovsk viloyati gubernatori Yevgeniy Kuyvashev 27 mart kuni ikki tomonlama hamkorlik imkoniyatlari masalalarini muhokama qilishdi va hududlar o’rtasidagi hamkorlik o’rnatish bo’yicha protokolni imzoladilar.

Namangan viloyat hokimi Xayrullo Bozarov boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi Rossiyaning Sverdlovsk viloyatiga 26 mart kunining tongida yetib keldi.

2017 yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e‘lon qilinganligi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T.A.Xudaybergenov tomonidan joylarda sayyor qabullar o’tkaziladi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozarov boshchiligidagi Namangan viloyati delegatsiyasi Rossiyaning Sverdlovsk viloyatiga jo‘nab ketdi.

Joriy yilning 19-23 mart kunlari Namangan viloyatidan tibbiyot soxasi, farmatsevtik ishlab chiqarish korxonalari va tadbirkorlar vakillaridan iborat delegatsiya Xindistonning MJ Group kompaniyasi rahbari Javshantal Shax taklifi bilan Xindiston davlatida bo’lib qaytdi.

Namanganda X Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasiga tayyorgarlik doirasida innovatsion ishlanmalarning sohaviy taqdimotlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika Stomatologlar assotsiatsiyasi, Toshkent davlat stomatologiya instituti va Namangan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizning nufuzli tibbiyot muassasalari, tibbiyot oliy o‘quv yurtlari shifokor-olimlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan stomatologlar ishtirok etdi.