Namangan tumani, Mirishkor qishlog‘idagi dala shiyponida tashkil etilgan ushbu qabul davomida viloyatning barcha hududlaridan kelgan jismoniy va yuridik shaxslarning ekologiya va atrof-muhit muhofazasi bilan bog‘liq murojaatlari tinglandi. E’tiborlisi, unda  25 ta murojaatning 14 tasi joyida hal etildi. 7 tasi bo‘yicha zarur tushuntirishlar berildi. Yechimi vaqt va mablag‘ talab qiladigan 4 ta murojaat mazmunini alohida o‘rganish yuzasidan ishchi guruhlari tuzildi.

Majburiy ijro byurosi Namangan shahar bo‘lim ish yurituvida Namangan tumanlararo iqtisodiy sudining 2021-yil 11-iyundagi ijro varaqasiga asosan qarzdor jamiyatdan undiruvchi ATB “Qishloq qurilish bank” foydasiga jami 1 mlrd. 302 mln. so‘m kredit qarz undirish belgilangan.

Joriy yilning 11 avgust kuni fuqaro B.Hakimov ijtimoiy tarmoqga Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi rahbariyati tomonidan qabul qilinmaganini bildirib, videomurojaat yo‘llagan. Mazkur videomurojaat o‘rganilganda, quyidagilar ma'lum bo‘ldi.

Joriy yilning 9-avgust kuni ijtimoiy tarmoqda fuqaro F. Holiqov tomonidan murojaat joylashtiriladi. Unda MIB Mingbuloq tuman bo‘limi tomonidan qarzdorlikni qolgan qismini undirib berilishi ko‘rsatib o‘tilgan. Murojaat bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Majburiy ijro byurosining Uychi tuman bo‘limi tomonidan vaqtida qaytarilmagan bank kreditlarini undirib berilishi borasida tizimli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Xususan, yaqinda 1 mlrd. so‘m kredit mablag‘larni o‘z vaqtida qaytarmagan korxonaning tosh maydalagich uskunasi xatlanib, auksion savdoga chiqarildi.

Majburiy ijro byurosi Pop tuman bo‘limi tomonidan aliment bilan bog‘liq hujjatlar ijrosini ta’minlash davomida targ‘ibot va tushuntirishlardan so‘ng ota 2 nafar farzandlari voyaga yetgunga qadar hisoblangan qarzdorlik evaziga uyni notarial tartibda o‘tkazib berdi.

Joriy yilning 2-avgust kuni telegram ijtimoiy tarmog‘ida fuqaro Mamatxanov Fazliddin tomonidan murojaat joylashtirilgan.
Murojaatda fuqaroga 2014-yilda yer uchastkasi ajratib berilgani, qo‘shnilari esa qurilish qilishga to‘sqinlik qilib kelishayotgani, 2019-yil 26-noyabrda fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudining qarori chiqarilgani, biroq ijrosi ta’minlab berilmayotgani bayon etilgan.