Namangan viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazakov “Metito Utilities” LTD kompaniyasi vakillarini qabul qildi. Uchrashuvda “Namangan shahar kanalizatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish” loyihasi muhokama qilindi.

Viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazakov boshchiligidagi ishchi guruh qishloq xoʻjaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Norin tumaniga keldi.
Xususan, gʻoʻza va bugʻdoy parvarishida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Yurtimizda sportni ommaviyligini yanada taʼminlash, aholi ayniqsa turli soha vakillari oʻrtasida uni keng targʻib etish, qiziqqan yoʻnalishlarda shugʻullanishlari har tomonlama qoʻllab-quvvatlanmoqda.

“2023-yilning yirik Xalqaro IT-forumi - Namangan Tech Summit bejizga Namanganda oʻtkazilmayapti. Ikki kun davomida gullar diyori ushbu nufuzli tadbirga mezbonlik qiladi. Unga tayyorgarlik, tashkiliy ishlar shunga monand boʻlishi lozim”, - 62-anʼanaviy Gullar festivali doirasida Namangan viloyati hokimligi tashabbusi bilan Namangan Tech Community va IT-Park hamkorligida 22-23-may kunlari boʻlib oʻtadigan forum tashkiliy kengashi oʻtkazildi.

“Zaxiriddin Muxammad Bobur” bogʻida bir oy davom etadigan gullar bayramida million-million gullardan barpo etilgan kompozitsiyalar dunyoning hech qayerida uchramaydi.

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan ijro ishlari boʻyicha soliq undiruvlarini jadallashtirish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Abduxamidov Akramjon Abduvaxabovich Namangan viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari - viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshligʻi  lavozimiga tayinlandi.