13-iyul kuni Qirg‘iziston Respublikasi Jalolobod viloyati hududida kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida sel oqimlari hosil bo‘lgan. Ushbu sel oqimlari 13:35larda Namangan viloyati Kosonsoy tumani “Obod” MFY hududidan o‘tuvchi “Kosonsoy” soyidan oqib kelgan.

Davlatimiz rahbarining 2020-yil 24-noyabrdagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida joriy yil 1-yanvardan boshlab Majburiy ijro byurosi hududiy boshqarma boshliqlari va tuman-shahar bo‘limi boshliqlari o‘z faoliyati to‘g‘risida tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qori Kengesiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga har yarim yilda hisobot taqdim etib borishi yo‘lga qo‘yilishi belgilangan edi. Ana shu vazifalardan kelib chiqqan holda Byuroning Uychi tuman bo‘limi tomonidan o‘tgan 5 oyda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot taqdim etdik.

Uychi tumanidagi Guliston mahallasida tuyaqushchilikka ixtisoslashgan butun boshli ferma vujudga keldi.

Mamlakatmizda ijtimoiy og‘ir ahvolda bo‘lgan fuqarolar har tomonlama qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Bugun Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov Pop tumani Yakkatut mahallasida “Obod qishloq” dasturi ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari va bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Mamlakatimizda ilk bor o‘tkazilishi belgilangan aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ishlari dunyo mamlakatlari, shuningdek, xalqaro tashkilotlarning ham diqqat markazida bo‘lib kelyapti. Mazkur masala bo‘yicha BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi, Аholishunoslik jamg‘armasi, MDH Davlatlararo statistika qo‘mitasi kabi bir qator nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan mustahkam hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularning taklif va tavsiyalari inobatga olinmoqda.

Majburiy ijro byurosi Uchqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan voyaga yetmaganlarning huquq-manfaatlarini himoya qilish, aliment undiruvlari bilan bog‘liq hujjatlar ijrosini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan. Ayniqsa, tegishli hamkor davlat va nodavlat muassasalar bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan targ‘ibot tadbirlari samari berib, oilalar yarashtirilmoqda. Jumladan, bugun o‘tkazilgan "Oila tinch-yurt tinch"  mavzusidagi davra suhbati davomida 5 ta oila tiklandi.