Ma’lumki, Prezidentimizning “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni Byuro hududiy boshqarmalari va tuman-shahar bo‘limlari boshliqlari o‘z faoliyati to‘g‘risida tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga har yarim yilda hisobot taqdim etib borishi belgilangan.

Ma’lumki, amaldagi tartibga ko‘ra qarzdor otalar farzandlari uchun belgilangan aliment pulini oldindan ya’ni 5 yilligini yoki voyaga yetgunga qadar to‘lashligi mumkin. Aynan Byuro xodimlari tomonidan joylarda o‘tkazilayotgan targ‘ibot tadbirlarida bu boradagi o‘zgarishlar tushuntirib borilmoqda. Natijada, ayrim mas’uliyatini his qolgan otalar farzandlari uchun oldindan to‘lovni amalga oshirib kelishmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro I. Nishonov tomonidan sudning qarori bajarilmayotgani aytib o‘tilgan.
Mazkur murojaat bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Majburiy ijro byurosi Chust tuman bo‘limi va tuman prokuraturasi hamkorligida aliment bilan bog‘liq hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida tegishli  chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Bunda asosiy e’tibor uzoq vaqtdan beri turli sabablar bilan aliment to‘lamayotgan ishsiz fuqarolarni bandligini ta’minlashga ham qaratilgani ahamiyatlidir.

Majburiy ijro byurosi Uchqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan tushuntirishlardan so‘ng ota farzandi alimenti uchun bir yo‘la 5 yilligini oldindan to‘lab berdi.

Majburiy ijro byurosi Pop tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida jinoiy jarima undirildi.

Majburiy ijro byurosi Davlatobod tumani bo‘limi tomonidan aliment undiruvlari bilan bog‘liq ijro hujjatlari ijrosini ta’minlash davomida oilalarni yarashtirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Mahalla faollari bilan hamkorlikda olib borilgan tushuntirishlar davomida kuni kecha tumandagi yana bir oilani yarashtirishga erishildi.