Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga Namangan viloyatida 2020 yil davomida 2,1 mingta ajrim holatlari FHDYo organlarida qayd etilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 0,3 mingtaga kam.

Vazirlar Mahkamasining Sport va turizmni rivojlantirish masalalari kotibiyati bosh mutaxassisi R.Talipov, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari R. Ermatov, MOQ bosh kotibi O.Qosimovdan iborat ishchi guruh Namangan viloyatida o‘rganish ishlarini olib bormoqda.

Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, Namangan viloyati doimiy aholisi soni 2021-yil 1-yanvar holatiga 2 mln. 867,4 ming kishini tashkil etib, 2020-yil boshidan 56,6  ming kishiga yoki 2,0 % ga o‘sdi. Jumladan, shahar aholisi soni 1 mln. 852,9 ming kishini (jami aholi sonidagi ulushi 64,6 %), qishloq aholisi soni 1 mln. 014,5 ming kishini (35,4 %) tashkil etdi.

Prezidentning 2018-yilning 21-noyabrdagi PQ-4024-son hamda 2019-yil 14-sentabrdagi PQ-4452-son qarorlariga muvofiq axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari joriy etilishini nazorat qilish tizimi samaradorligini oshirish maqsadida Kiberxavfsizlik markazi tomonidan respublika miqyosida barcha davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyat organlarida axborot va kiberxavfsizlikni ta’minlanganlik holati monitoringi yo‘lga qo‘yilgan.

Viloyatda 2020-yil yakuni bilan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 10 950,8 mlrd.so‘mni tashkil etib, natijada o‘tgan davrga nisbatan 115,8 foiz o‘sishga erishildi.

Mamlakatimizda sportni ommaviyligini ta’minlash, aholi ayniqsa turli soha vakillari o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish har tomonlama qo‘llab-quvvatlanmoqda. Prezidentimizning 2020-yil 30-oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Farmonlari bu borada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi, shahar va tumanlar bo‘limlarida bugungi kunda 340 nafar xodim mehnat qilmoqda. Xodimlar haftada ikki marotaba ishdan so‘ng o‘zlari qiziqqan sport bilan shug‘ullanishmoqda. Ayniqsa, Byuro organlari xodimlari o‘rtasida turli sport musobaqalari tashkil etilmoqda.

Viloyat hokimligi va “IT-Park” tomonidan tashkil etilgan bugungi tadbir Namangan muhandislik-qurilish institutida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Informatika va AKT fani o‘qituvchilari hamda sohaga qiziqqan yoshlar ishtirok etishdi.