Viloyat hokimining oʻrinbosari Okibjon Inamov tomonidan Namangan shahridagi “Yangi qurilish” MFY hududidagi “Qizil toifa”ga kiritilgan yoshlar muammolarini hal etish ishlari davom ettirilmoqda.

Avval xabar berganimizdek, 27-29-oktyabr kunlari Namangan shahrida joylashgan “Afsonalar vodiysi” tematik parkida  II - “XALQARO ASAL FESTIVALI” boʻlib oʻtadi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Majburiy ijro byurosi Chust tuman bo‘limi tomonidan hujjat ijrosi ta’minlanmayotganligi yuzasidan murojaat qoldirilgan. Mazkur holat Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan o‘rganildi va quyidagilarni ma’lum qiladi.

Baxtiyor Axunbabayev Namangan viloyati hokimining raqamlashtirish boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi

Chortoqda shu mavzuda Namangan IT-hamjamiyati vakillari, yoshlar va sohaga qiziquvchilar uchun viloyat seminari bo‘lib o‘tdi. Taʼkidlash joiz, tumanda so‘nggi ikki oyda IT-Park rezidentlari soni beshtaga oshdi. Sohaviy taʼlimdagi izchil ishlar natijasida dasturchi va frilanserlar salmog‘i oshib bormoqda. “Imkon” loyihasi qisqa kurslarida imkoniyati cheklangan yoshlarni masofadan o‘qitilayotgani, xotin-qizlar bandligi bo‘yicha frilansing faoliyati yo‘lga qo‘yilganini alohida eʼtirof etish lozim.

Bugungi kunda viloyatda besh mingga yaqin frilanser dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish bilan band. Ularning safi kundan-kunga ortib bormoqda.

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi viloyat hududiy boshqarmalari hamkorligida viloyatimizda non mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar joyida oʻrganilib, mavjud muammolar hamda ularning yechimlari, non mahsulotlari narhini sunʼiy oshirmaslik, birja savdolari orqali xarid qilgan un mahsulotlarini toʻliq ishlab chiqarib, savdo doʻkonlariga chiqarish, ajiotaj holatlari oldini olish boʻyicha ishlar tashkil etildi.