Norin tumani hokimligi, prokuraturasi va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlari vakillari ishtirokida joylarda sayyor qabullar o‘tkazilmoqda. Xalq bilan muloqot tadbirining galdagisi Marg‘izor qishlog‘idagi 34-umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi. Unda qishloq aholisi vakillari ishtirok etdilar.

Viloyat hokimi tasdiqlagan tadbirlar rejasiga muvofiq, joriy yilning 26-30 dekabr kunlari Namangan shahri markazida savdo yarmarkasi o‘tkazilmoqda.

...hammamiz tushunamizki, xalq bilan muloqot odamlarning ichiga kirish, ularning dard-u tashvishlari bilan yashash, inson manfaatlarini ta’minlash – bu biz uchun faqat bir yillik ish emas.

Namangan shahridagi  «Shodiyona» tantanalar majmuasida viloyatimiz shahar va tumanlarida istiqomat qilayotgan faxriylar vakillari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy kecha o‘tkazildi.

Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi Komiljon Yusufjonov va Shohista Mamajonovalarning rasmiy nikohlari tumanda yangi barpo etilgan “Baxt uyi” ning ochilishiga  bag‘ishlangan tantanali marosimga to‘g‘ri kelgani bilan esda qolarli bo‘ldi.

O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston hamda Turkmaniston mamlakatlarining  kuchli jamoalari kurashi ostida kechgan   gandbol bo‘yicha Xalqaro «Trofi kubogi» bugun o‘z nihoyasiga yetdi.  Keskin kurashlarga boy o‘tgan musobaqa 4 kun davomida sport muxlislari e’tiborida bo‘ldi. Kichik sport bayramining yopilish marosimi ham tantanali ruxda o‘tdi. Tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari A.Mamatov so‘zga chiqib, ushbu nufuzli turnirning ahamiyati va sportning hayotimizda tutgan o‘rni haqida mulohaza yuritda va barcha ishtirokchilarni va g‘olib jamoalarni muborakbod etdi.

Ma’lumki, shu yil 22 sentabrda O‘zbekiston Respublikasining «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonuni yangi tahrirda qabul qilindi. Viloyat Kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi, viloyat Mehnat bosh boshqarmasi hamda Savdo-sanoat palatasi hududiy viloyat boshqarmasi hamkorlikda birlashma majlislar zalida tashkil etgan seminar joriy yil dekabr oyi oxiridan kuchga kiradigan mazkur qonunning mazmun-mohiyatini keng  ommaga, xususan viloyatimizda faoliyat yuritayotgan korxona, tashkilot, muassasalar rahbar-mutaxassislari ongiga yetkazish, uning ijrosini ta’minlash yuzasidan galdagi vazifalarga bag‘ishlandi.