Yurtimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini har tomonlama  qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush sharoitini yanada yaxshilash borasida keng ko‘lamli xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.

Prezidentimizning 2016 yil 28 dekabrdagi “O’zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg’armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni ijrosi doirasida Namangan viloyatida ham salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda dori-darmon vositalari kasalliklarning oldini olish hamda ularni davolashda muhim ahamiyat kasb etishi hammamizga yaxshi ma’lum. O’z navbatida davlatimiz rahbari tomonidan farmatsevtika sanoatini rivojlantirishga, aholi va davolash-profilaktika muassasalarini O’zbekistonda ishlab chiqarilgan sifatli, yuqori samarali va xavfsiz dori-darmon vositalari bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidlash lozim.

O’tayotgan har bir kun barchamizni eng ulug’, eng aziz bayram, istiqlolimizning qutlug’ yigirma olti yilligiga tobora yaqinlashtirmoqda. Bugun viloyat markazidan tortib, eng olis hududlarda bayramga qizg’in hozirlik ko’rilmoqda. Ayniqsa, xududlarni obodonlashtirish, atrof-muhit tozalagini saqlash maqsadida keng ko’lamli chora-tadbirlar olib borilyapti. Yurtimizda bayramga munosib tayyorgarlik ko’rish borasida umumxalq xayriya xashari o’tkazish an’ana tusini olgan.

Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini yanada qo’llab-quvvatlash, ularni huquq hamda manfaatlarini himoya qilishga ustuvor masala sifatida qaralmoqda. Ayniqsa, ularni oldida turgan to’siq va g’ovlarini bartaraf etish, muammolarini yechimini topishda mahalliy hokimliklar tomonidan aniq chora-tadbirlar belgilanib, ijrosi ta’minlanmoqda. Buni birgina, Namangan viloyat hokimi Xayrullo Bozarovning haftaning har shanba kuni tadbirkorlik sub’yektlari bilan o’tkazayotgan uchrashuvlari yaqqol misoldir.

Viloyatimiz aholisi, tadbirkorlar va ishlab chiqarish korxonalari uchun qulayliklar yaratish maqsadida “O’zstandart” agentligining moliyaviy ko’magi bilan Namangan sinov va sertifikatlashtirish markazi yengil sanoat sinov laboratoriyasi xalqaro darajada akkreditatsiyadan o’tkazilmoqda.

 

Viloyat hokimining 2017 yil 15 avgustdagi 555-sonli qaroriga muvofiq Fayzullayev Alisher Tursunbayevich viloyat hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo’yicha birinchi o’rinbosari lavozimiga tayinlandi.