Majburiy ijro byurosining Uychi tuman bo‘limi tomonidan vaqtida qaytarilmagan bank kreditlarini undirib berilishi borasida tizimli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Xususan, yaqinda 1 mlrd. so‘m kredit mablag‘larni o‘z vaqtida qaytarmagan korxonaning tosh maydalagich uskunasi xatlanib, auksion savdoga chiqarildi.

Majburiy ijro byurosi Pop tuman bo‘limi tomonidan aliment bilan bog‘liq hujjatlar ijrosini ta’minlash davomida targ‘ibot va tushuntirishlardan so‘ng ota 2 nafar farzandlari voyaga yetgunga qadar hisoblangan qarzdorlik evaziga uyni notarial tartibda o‘tkazib berdi.

Joriy yilning 2-avgust kuni telegram ijtimoiy tarmog‘ida fuqaro Mamatxanov Fazliddin tomonidan murojaat joylashtirilgan.
Murojaatda fuqaroga 2014-yilda yer uchastkasi ajratib berilgani, qo‘shnilari esa qurilish qilishga to‘sqinlik qilib kelishayotgani, 2019-yil 26-noyabrda fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudining qarori chiqarilgani, biroq ijrosi ta’minlab berilmayotgani bayon etilgan.

Bugungi kunda davlat ijrochilari tomonidan ishga tiklash, ish haqlarini undirish bilan bog‘liq hujjatlari ijrosini ta’minlash borasida tegishli chora-tadbirlari ko‘rib kelinmoqda. Jumladan, sud   qarorlari   asosida   qonunga   xilof   ravishda   ishdan   bo‘shatilgan   18   nafar   shaxslar   ishga   tiklandi   va   to‘lanmay   qolgan 2,6  mlrd.   so‘mlik   ish   haqlari   undirildi.Bu haqda Byuroning Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan brifingda aytib o‘tildi.

Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi, shahar  va tumanlar bo‘limlari tomonidan joriy yilning o‘tgan 6 oyida 13,2 mlrd. so‘m mablag‘ “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirildi. Bu haqda Byuroning viloyat boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan onlayn brifingda ma’lum qilindi.

Joriy yilning 10-iyul kuni Namangan viloyati innovatsion rivojlanish boshqarmasi boshlig‘i Ilxomjon Sattarov va O‘zbekiston quyonchilik xo‘jaliklari assotsiatsiyasi boshqaruv raisi Abdurazzoq Ibragimovlar o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan edi.