Nanay Madaniyat markazida Namangan viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazakovning yoshlar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Turizm rivojlanib borayotgan Nanay qishlog‘i aholisining ot sportiga, chavandozlikka mehri o‘zgacha. Shu bois mazkur hududda tez-tez ko‘pkari musobaqalari uyushtirilib turiladi.

Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolar muammolari bilan ishlashni samarali tashkil etish, hududlarda yechimini kutayotgan masalalarni bevosita “mahallabay” joyida o‘rgangan holda tezkorlik bilan hal etish maqsadida haftaning shanba kunlari sayyor qabullar o‘tkazilmoqda. Sud va boshqa organlar hujjatlari ijrosi bilan bog‘liq muammolar, murojaatlarni o‘rganish maqsadida tashkil etilgan sayyor qabullar bir vaqtning o‘zida sektorlardagi belgilangan 14 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida bo‘lib o‘tdi.

Yurtimiz boʻylab kezayotgan Navroʻzi olam shukuhi yanada ajib tarovat kasb etmoqda. Ayniqsa, bu fasl kirishi bilan tozalik va orastalik, obodonchilik yumushlariga alohida ahamiyat qaratiladi.

Xalq deputatalari Namangan viloyati Kengashining oʻttiz yettinchi sessiyasi 2023-yilning 17-mart kuni soat 09:30 da viloyat hokimligining katta majlislar zalida oʻtkaziladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 16 fevraldagi PQ-57-son qaroriga asosan aholi xonadonlarida hamda tadbirkorlik subyektlari tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish uchun qulay sharoitlar va rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy qilindi.